1 iyulga qadar yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlovchi “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratiladi

1 iyulga qadar yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlovchi “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratiladi

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5006-son, 24.02.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritildi.

Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmalari tashkil qilindi.

Shuningdek, 2021 yil 1 martdan vazirlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

Vazirlik huzuridagi “Monitoring xizmati” davlat muassasasi va vazirlik markaziy apparatidagi Ichki nazorat xizmati negizida Ichki audit va kompleans-nazorat boshqarmasi tashkil etildi.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy bo‘linmalari balansida turgan bino-inshootlar 2021 yil 1 martdan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bir qator huquqlar berildi. Vazirlik, jumladan, qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish va aybdor shaxslarni jarimaga tortishi mumkin.

Bundan tashqari, Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududlararo bo‘linmalari tashkil etildi.

2021 yil 1 iyulga qadar yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratiladi.

Shaharsozlik kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar