1 yanvardan 40 yoshdan yuqori bo‘lganlar qon-tomir xavfini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi

1 yanvardan 40 yoshdan yuqori bo‘lganlar qon-tomir xavfini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi

Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini) aniqlash bo‘yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘limlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar binolarida joylashadi hamda ularning xodimlari fuqarolarga tibbiy-profilaktik xizmatlar (maslahatlar, ko‘riklar va boshqalar) ko‘rsatadi.

Sog‘lom turmush tarzini olib borishga bag‘ishlangan markaziy, hududiy va nodavlat telekanallarda “Salomatlik soati” va boshqa maxsus teleko‘rsatuvlar tashkil qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar