103 telefon raqamiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi

103 telefon raqamiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tuman bo‘limlariga koronavirusga PSR-analizi olishga va tahlil javobini Respublika agentligiga yubormasdan, bevosita bemorlarga topshirish tartibi o‘rnatildi va bu orqali tahlil javoblarini kutish davri qisqaradi.

Bu haqda 20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar” to‘g‘risida o‘tkazilgan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasida operatorlarning mehnat sharoiti yaxshilandi va bir smenada faoliyat olib borayotgan operatorlar soni 40 tadan 100 nafarga yetkazildi. Stansiyaga qo‘shimcha elektr tarmog‘i ulandi, brigadalar soni 250 tagacha ko‘paytirildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 100 ta “Damas” ambulans mashinasi ajratildi, shulardan 25 tasi joylarga tarqatildi.

Poytaxt viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan shaxslarni davolash va nazoratini olib borish uchun 905 shifo o‘rin, diagnozi tasdiqlanganlar uchun 210 o‘rin statsionar shifoxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda va qo‘shimcha 350 zaxira o‘rin tayyorlab qo‘yildi.

“O‘ztelekom” korxonasi tomonidan uyali telefon apparatlari tarqatilmoqda.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayoni uchun 49 xil turdagi dori vositalari zaxirasi uchun dastlabki 10 milliard so‘m pul ajratilishi rejalashtirildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanidek, 103 telefon raqamiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi, murojaatlarning asosiy qismi kelib tushadigan vaqt oralig‘ida (soat 18:00 dan 24:00 gacha) eng tajribali operatorlar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar