2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshiril

2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshiril

Bu haqda “Toshkent yoshlar forumi — 2020”da ishtirok etgan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Amrillo Inoyatov aytib o‘tdi. “Gazeta.uz” xabar berishicha, Inoyatov bu yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

“Bu og‘riqli savol … Sizni ishontirib aytaman, muhtaram prezidentimiz aytdilar, yaqin kunlarda, yaqinlashib kelayotgan 2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning ish haqi bir necha baravar oshiriladi”, — dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.

U shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislarni vatanga qaytarish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Ular chet eldagi qulayliklar tufayli mamlakatni tark etishdi. Ularni qaytarishning yagona usuli — yaxshi ish haqi olish. Yaqinda Prezident biz birlamchi tibbiy yordam shifokorlarining ish haqini 1000 dollarga ko‘taramiz deb e’lon qildi. Shunda ular o‘zlari qaytib kelishadi. Agar Afrikada ular o‘rtacha 3000 dollar maosh olsa, bu yerda 1000 dollar koeffitsiyenti bo‘yicha bu ish haqiga teng bo‘ladi. Biz endigina oyoqqa turayotgan yangi mamlakatmiz”, — dedi u.

Noyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar kabi tibbiyot xodimlari 1000 dollar miqdorida maosh olishlari lozimligini ta’kidlagan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar