2021 yildagi Sirdaryo viloyatining ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari

2021 yildagi Sirdaryo viloyatining ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari

2021 yil holatiga ko‘ra 219 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT), davlat – 188 ta, xususiy – 31 ta, shundan Boyovut tumani 34 ta, Sirdaryo tumani 32 ta, Guliston shahri 25 ta, Guliston tumani 24 ta, Mirzaobod tumani 21 ta va Sayxunobod tumani 20 tani tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 2021/2022 o‘quv yili boshiga 321 tani tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 21 taga ko‘paygan.

Boyovut tumanida 57 ta, Sirdaryo - 45 ta, Sayxunobod tumanida – 41 tani tashkil etdi.

Akademik litseylar, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar soni 21 (2021 yilda 16 ta) tani, shundan akademik litseylar 3 ta, kasb-hunar maktablari – 12 ta (11 ta), kollejlar soni – 6 tani tashkil etdi.

Oliy ta’lim tashkilotlari (oliy harbiy ta’lim tashkilotlaridan tashqari) sonining tahlili ularning 2021/2022 – o‘quv yilida 2 ta bo‘lib, 2020/2021 yilga nisbatan o‘zgarmagan.

Sirdaryo viloyatida teatr soni 1 tani tashkil etib, Guliston shahrida joylashgan.

Tibbiyot muassasasi soni 42 ta, shundan Guliston shahrida 20 ta, Yangiyer shahrida 5 ta va Sirdaryo tumanida 4 tani tashkil etgan.

Vrachlar soni 1940ta (har 10 ming kishiga – 21 ta), shundan Guliston shahrida 700 ta (har 10 ming kishiga – 73,7 ta), Sirdaryo tumanida 400 ta (har 10 ming kishiga – 30 ta) va Yangiyer shahrida 100 ta (har 10 ming kishiga – 22 ta).

Shifoxona koykalar soni 4500 tani tashkil etgan.

Saibov Farrux
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Sirdaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar