2022 yil I yarim yillik bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasida sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil I yarim yillik bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasida sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil I yarim yillikda Qoraqolpog‘iston Respublikasida 8 864,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atilari 100,5 foizga oshgan, respublikadagi ulishi 3,5% ni (9-o‘rin) tashkil etadi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4,5 mln.so‘mni (7-o‘rin), o‘sish sur’atlari 99,1%ni tashkil etdi.

Nukus.sh (14,9 mln.so‘m) va Taxiatosh (15,3 mln.so‘m), Taxtako‘pir (4,4 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Bo‘zatov (0,5 mln.so‘m), Xo‘jayli (0,99 mln.so‘m) va Kegeyli (1,2 mln.so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 29,7%ni tashkil etdi va 2021 yil I yarim yillikga nisbatan 1,7 punktga kamaydi.

Sanoat mahsulotlarining 18,4%i (2021 yilda 18,8%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 86,0%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -12,6%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,7%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,7%, ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 61,7% , to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 16,3%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 13,3% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 8,7% ni tashkil etgan.

Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 583 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 13,6% ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 43 ta loyiha bo‘yicha 280,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 3,7 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.

Saliy Ilyasov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar