O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-172 qarori bilan 2022 yilda Qashqadaryo viloyatida 30 ta mahalla va qishloqlarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 26 ta mahallalada (22 ta qishloq hududi, 4 ta shahar hududi) qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilishi uchun 460 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Ajratilgan mablag‘larning 65,7 foizi Respublika byudjetidan, 19,1 foizi mahalliy byudjet, 11,6 foizi tarmoq korxonalari, 2,2 foizi tashabbuskor tadbirkorlar va aholi mablag‘lari va 1,4 foizi boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Belgilangan mablag‘larning 41 foizi (189 mlrd.so‘m) 582,7 km ichki yo‘llarni ta’mirlashga, 25 foizi (113,3 mlrd.so‘m) 465 km ichimlik suvi tarmog‘i bilan 26 ta inshoot qurilishiga, 17 foizi (76,2 mlrd.so‘m) 41 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va ta’mirlashga, 11 foizi (49,7 mlrd.so‘m) 398 km elektr tarmog‘i bilan 55 ta transformator o‘rnatishga va 7 foizi (31,8 mlrd.so‘m) boshqa tadbirlar doirasida ajratilgan.
Dastur doirasida 24 ta umumta’lim maktablari, 5 ta maktabgacha ta’lim muassalari, 12 ta tibbiyot muassasalarida qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Eldor Zayniddinov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo viloyat filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish