Xalqaro hisob-kitoblar banki metodologiyasi7 asosida tahlil qilingan so‘m real samarali almashuv kursi (real kurs) dinamikasi 2023 yilda o‘suvchi tendensiyani ko‘rsatdi.
Tahlillarga ko‘ra, so‘m real kursi 2019 yildan 2024 yil yanvarigacha 9,8%ga mustahkamlangan.
2023 yil I yarmida real kurs yil boshiga nisbatan 9,4 f.b.ga mustahkamlangan bo‘lsa, avgust oyidan boshlab nominal kursda to‘g‘rilanish kuzatildi va kurs o‘zining o‘rta muddatli trendiga qayta boshladi. Yil yakuniga ko‘ra real kurs o‘tgan yil mos davriga nisbatan 4,6 f.b.ga mustahkamlandi.
Real kurs 2019-2021 yillarda neytral holatda (o‘rtacha indeksi 100,1) shakllangan bo‘lsa, 2022-2023 yillarda mustahkamlanib borgan (o‘rtacha indeksi 108,5).
2019-2023 yillarda so‘m real almashuv kursi Xitoy (13%), Turkiya (34%), Rossiya (10%) va Janubiy Koreya (17%) valyutalariga nisbatan mustahkamlangan. Germaniya (1%), Qozog‘iston (15%), Qirg‘iziston (6%) va Tojikiston (3%) valyutalariga nisbatan qadrsizlangan.
Mazkur davrda O‘zbekistonda inflyasiyaning savdo hamkorlarga nisbatan yuqoriligi real kurs mustahkamlanishida asosiy rol o‘ynagan. 2019-2023 yillarda O‘zbekistonda kumulyativ inflyasiya 69%ni va dollarga nisbatan so‘m qadrsizlanishi 48%ni tashkil qildi. Savdo hamkorlari kesimida yuqori inflyasiya Turkiya (367%), Qozog‘iston (62%), Qirg‘iziston (54%), Rossiya (40%) va Tojikistonda (37%) kuzatildi.
Real almashuv kurs o‘zining muvozanatli narxidan yuqori shakllanishi eksport raqobatbardoshligini pasaytirib, tashqi savdo defitsitini ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish