2023 yil III chorakda Xorazm viloyatida 15 143,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 105,8 foizni, respublikadagi ulushi esa 3,3% ni (9 o‘rin) tashkil etadi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4,9 mln. so‘mni (8-o‘rin), o‘sish sur’atlari 102,6% ni tashkil etdi.
To‘proqqal’a (136,2 mln. so‘m) tumani va Urganch sh. (16,8 mln. so‘m), Yangibozor (5 mln. so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori hamda Qo‘shko‘pir (1,5 mln. so‘m), Xiva (1,8 mln. so‘m) va Xazorasp (1,9 mln. so‘m) tumanlari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Tuproqqal’a tumani (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 52,5%), Urganch (16,8%) shahri, Urganch (4,4%), Xonqa (3,7%), Shovot (3,7%), Yangibozor (3%) va Bog‘ot (3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 21,6% ni tashkil etdi va 2022 yil III chorakga nisbatan 0,1 punktga ortgan.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 2 647,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,2% ni tashkil etdi.
Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 96,5%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -2,9%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,6%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,02%, ni tashkil qilgan.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi – 42,3 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 95,4 %), metallurgiya sanoatining ulushi – 0,3 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 93,5 %), to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 20,5 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 112,4 %), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 30,8 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 117,2 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,7 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 112,4 %), yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 1,6 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 98,8 %)ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 24,0 ming tonna kalava ip (2022 yilning mos davriga nisbatan 6,3% ga kamaygan), 4,6 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i (47,9% ga kamaygan), 98,5 ming tonna paxta chigiti (10,8 % ga oshgan), 59,0 ming tonna paxta tolasi (25,1 % ga oshgan) ishlab chiqarilgan.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 559,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 63,1 % ni tashkil etdi.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 120 taga (shundan 4 083 tasi kichik biznes sub’yektlari) yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 15,1% ni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 99 ta loyiha bo‘yicha 871,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 5,5 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.
Saliy Ilyasov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish