2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi

2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi

«Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kirishda quyidagi tovarlar va transportlar uchun bojxona boji bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi:

  • belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kiriladigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlarihamda sarflash materiallari;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yangi tez tibbiy yordam avtomobillari;
  • belgilangan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilishva boshqa materiallar;
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan 8 va undan ortiq o‘rindiqlarga ega transportlar;
  • O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan ro‘yxatlardagi omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar;
  • dor (osma) yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash ob’yektlar, «banji-jamping» va «ziplayn» attraksionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan aerostatlar, gondolalar, «rafting» va «flaybording» uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar.

O‘zbekistonga olib kirishda quyidagi tovarlar 1 oktyabrdan 2024 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi:

  • belgilangan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
  • taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar;
  • belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlarihamda sarflash materiallari.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar