Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
2025 yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida barqaror va sifatli iqtisodiy o‘sish ta’minlandi. Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) 8,1 foizga o‘sib, 111,3 trln tashkil qildi va respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 6 foizni tashkil etdi. Jon boshiga YaHM 26,6 mln so‘mga yetdi (o‘sish – 106,0%).
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 32,5 trln so‘mni (145,2%), eksport hajmi esa 1,1 mlrd dollarni (129,4%) tashkil etdi.
2017-2025 yillar mobaynida olib borilgan islohotlar natijasida, Farg‘ona viloyatida yalpi hududiy mahsulotida (YaHM) real o‘sish 163,8%ni tashkil etib (respublika ko‘rsatkichi – 168,4%) 25,1 trln so‘mdan 111,3 trln so‘mga yetgan.
2025 yilda YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 26,0%, sanoat – 19,5%, qurilish – 7,3% va xizmatlar sohasi – 47,2%ni tashkil etdi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushi 73,0% yoki 79,6 trln so‘mga yetdi.

Xizmatlar sohasi rivoji
2025 yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida barqaror va keng qamrovli o‘sish kuzatildi. Bozor xizmatlari hajmi 114,4%ga o‘sib, 71,8 trln so‘mga yetdi (respublika bo‘yicha – 114,7%).
Xizmatlar tarkibida asosiy ulushlar:
- yashash va ovqatlanish xizmatlari – 22,8 trln so‘m (110,2%);
- savdo xizmatlari – 14,1 trln so‘m (112,9%);
- transport xizmatlari – 10,9 trln so‘m (118,2%);
- moliyaviy xizmatlar – 8,9 trln so‘m (122,8%);
- aloqa va axborotlashtirish – 2,8 trln so‘m (119,7%);
- ta’lim xizmatlari – 2,4 trln so‘m (116,3%);
- shaxsiy xizmatlar – 2,3 trln so‘m (109,9%);
- kompyuter va maishiy xizmatlar – 1,5 trln so‘m (113,4%);
- sog‘liqni saqlash xizmatlari – 1,3 trln so‘m (113,4%).
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona shahri (12,2 trln so‘m), Qo‘qon shahri (6,4 trln so‘m), Marg‘ilon shahri (3,5 trln so‘m), Oltiariq (2,2 trln so‘m), Buvayda (1,9 trln so‘m) va Uchko‘prik (1,9 trln so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat
2025 yil yanvar–dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasi 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan:
- eksport – 1,1 mlrd dollar (tovarlar – 1 064,5 mln doll, xizmatlar – 17,6 mln doll);
- import – 1,6 mlrd dollar (tovarlar – 1 584,7 mln doll, xizmatlar – 1,6 mln doll).
Tashqi savdo aylanmasi respublikadagi umumiy ulushda 3,3%ni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 497 mln dollarga (122,9%) oshdi (eksport – 129,4%, import – 118,8%).
Viloyat 85 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Asosiy sheriklar: Rossiya (30,3%), Xitoy (29,4%), Qozog‘iston (9,6%), Qirg‘iziston (6,1%) va Turkiya (3,9%).
Eksport bo‘yicha yetakchi davlatlar: Rossiya (40,9%), Qirg‘iziston (10,7%), Afg‘oniston (6,5%), Tojikiston (5,6%), Turkiya (4,8%), Qozog‘iston (4,3%), BAA (3,9%), Litva (3,7%), Xitoy (3,2%), Latviya (2,9%). Ularning umumiy ulushi 86,6%ni tashkil etdi.
Eksport tarkibida:
- oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 41,3%;
- sanoat tovarlari – 22,8%;
- kimyoviy mahsulotlar – 15,8%;
- tayyor buyumlar – 7,6%.
Import tarkibida:
- mashinalar va transport uskunalari – 31,4%;
- mineral yoqilg‘i va moylar – 20,7%;
- sanoat tovarlari – 20,8%.
Kichik biznes va tadbirkorlik
2025 yil yakuniga kelib, viloyatda 31,3 mingta kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat yuritmoqda (o‘sish – 111,4%). Yil davomida 6,4 mingta yangi sub’yekt tashkil etildi (o‘sish – 7,9%).
Yangi korxonalar asosan:
- savdo – 2 712 ta;
- sanoat – 971 ta;
- qishloq xo‘jaligi – 586 ta;
- xizmatlar – 709 ta.
Kichik tadbirkorlik tomonidan:
- sanoat mahsuloti – 27,6 trln so‘m (122,6%);
- qurilish ishlari – 15,9 trln so‘m (117,5%);
- investitsiyalar – 24,3 trln so‘m (149,9%);
- chakana savdo – 36,3 trln so‘m;
- xizmatlar – 54,3 trln so‘m;
- eksport – 599,1 mln dollar;
- import – 1,4 mlrd dollar.
Ijtimoiy himoya va ustuvor vazifalar
Mahallalarni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinib, quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- respublika bo‘yicha 1 mln aholini ish bilan ta’minlash (Farg‘ona viloyatida – 97 ming);
- 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish (viloyatda – 19 ming);
- kambag‘allikdan xoli mahallalarni 3,5 mingtaga yetkazish (viloyatda – 406 ta);
- ishsizlik va kambag‘allik darajasini 4,5 foizga tushirish.
Ushbu natijalar Farg‘ona viloyatida olib borilayotgan kompleks islohotlar samaradorligini hamda hududning barqaror iqtisodiy rivojlanish tendensiyasini namoyon etmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izoh qoldirish