Abdulaziz Kamilov YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi

Abdulaziz Kamilov YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi

2021 yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy muloqoti va har tomonlama hamkorligi sezilarli darajada faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi konstruktiv aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» yuqori darajadagi muloqoti hamda «O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashi yig‘ilishlari jadvali ko‘rib chiqildi, deya xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan ham fikr yuritildi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian ishtirok etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar