Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida 100 mln AQSh dollarlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Loyiha doirasida maktablarda 7−11-sinflarda STEM yo‘nalishida ta’limini rivojlantirishga qaratilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
STEM fanlari (Science, Technology, Engineering, Mathematics) bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning tandartlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarni tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini ta’mirlash va ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, loyihada O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Loyiha 2020−2022 yillarda O‘zbekistonda mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi, hukumatning so‘nggi tashabbuslari va Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish