Alisher Usmonov homiyligida Namanganda Xalqaro biznes markaz quriladi

Alisher Usmonov homiyligida Namanganda Xalqaro biznes markaz quriladi

Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi 6 gektarni egallagan sobiq “Kichkintoylar bog‘i”da UMS Holding asoschisi, mashhur tadbirkor hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi.

"Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi", dedi Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov.

Shuningdek, viloyat hokimi qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar