Namangan viloyati bo‘yicha 2023 yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 8 438,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,6% ga ko‘paygan. Viloyat chakana savdo tovar aylanmasining respublikadagi ulushi 6,3% tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga 94,0% va yirik korxonalar hissasiga 6,0% to‘g‘ri keldi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,8% ga ko‘raygan va 504,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 7 933,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,6% ga ko‘raygan.
Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmida eng yuqori ulushni 3 265,1 mlrd. so‘m (38,7%) bilan Namangan shahri tashkil etdi. Viloyati chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni 271,1 mlrd. so‘m (3,2%) bilan Mingbuloq tumani tashkil etdi.
2023 yil yanvar-iyun oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 800,7 ming so‘m (2022 yilning mos davriga nisbatan 4,2% ga ko‘paygan). Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Namangan shahri (4 783,4 ming so‘m), Chust (2 607,8 ming so‘m) va To‘raqo‘rg‘on (2 599,4 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyat aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida boshqa barcha hududlarda o‘sish kuzatildi. Mingbuloq tumani (106,0%), Namangan shahri (104,7%) va Kosonsoy tumanida (104,7%) aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.
Izoh qoldirish