“Hamkorbank” ATB 10 mlrd so‘mlik aksiyalarini sotuvga qo‘ydi

“Hamkorbank” ATB 10 mlrd so‘mlik aksiyalarini sotuvga qo‘ydi

“Toshkent” Respublika fond birjasida “Hamkorbank” ATB 225 million dona oddiy aksiyalarini sotuvga chiqardi.

Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi 35 so‘mni tashkil qiladi. Bugungi kun savdolari bo‘yicha bir dona aksiya narxi 34.5 so‘m “bo‘lib turibdi”. Bank ustav kapitalining 1.07%ini tashkil qiladigan bu paket Alskom kompaniyasiga tegishli.

Paket fond birjasining muzokaralar bo‘limida sotiladi. Arizalarni qabul qilishning oxirgi kuni 23 dekabrga belgilangan.

Aksiyalar sotuvi bilan Portfolio Investments shirkati shug‘ullanmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar