Andijon viloyatining 2022 yilning birinchi yarim yilligidagi investitsiya ko‘rsatkichlari tahlili

Andijon viloyatining 2022 yilning birinchi yarim yilligidagi investitsiya ko‘rsatkichlari tahlili

Andijon viloyatida 2022 yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 6412,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 135,1% ortgani qayd etilgan.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha shahar va tumanlar kesimida tafovutlar mavjud bo‘lib, asosiy kapitalga bo‘lgan investitsiyalarning 50,05 % viloyatdagi 3 hududga to‘g‘ri kelgan. Xususan, viloyatdagi eng yuqori ko‘rsatkichlar Andijon shahri (1 358,6 mlrd.so‘m), Asaka (1 137,4 mlrd.so‘m) va Oltinko‘l (713,2 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etilgan.

Baliqchi (190,7 mlrd.so‘m), Paxtaobod (154,0 mlrd.so‘m), Jalaquduq (152,3 mlrd.so‘m), Ulug‘nor (132,6 mlrd.so‘m) va Bo‘ston (96,6 mlrd.so‘m) tumanlarida asosiy kapitalga bo‘lgan investitsiyalar hajmi past ulushni ko‘rsatgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Andijon shahrida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi Bo‘ston tumaniga nisbatan 14,1 baravarga ko‘p ekanligi qayd etilgan.

Andijon viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1961,7 ming so‘mni tashkil qilgan. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmining eng yuqori ko‘rsatkichi Xonobod shahriga to‘g‘ri kelib, 5061,8 ming so‘m (viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,6 baravar ko‘p) ni tashkil etgan.

Oltinko‘l (3253,3 ming so‘m), Xo‘jaobod (3 591,0 (ming so‘m) va Asaka (3 329,6 ming so‘m) tumanlarida ham jon boshiga asosiy kapitalga bo‘lgan investitsiyalar hajmi yuqori ekanligi kuzatilgan. Izboskan (877,8 ming so‘m), Jalaquduq tumani (792,1 ming so‘m) va Paxtaobod (767,3 ming so‘m) tumanlarida esa mazkur ko‘rsatkichning past darajasi qayd etilgan.

2022 yil yanvar-iyun oylarida viloyatning deyarli barcha shahar va hududlarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli o‘sish kuzatilgan. Lekin Andijon ( -1,5 %), Paxtaobod (-16,2%)va Baliqchi (-25,0%) tumanlarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.

Viloyatda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 45,6% chet el investitsiyalari hisobidan, 37,3% korxona va aholining o‘z vositalari hisobidan, 8,7% bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan, 6,1% davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan.

Nurdinova Shoiraxon,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Sayfiddinov Samandar, NamDU 2-kurs talabasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar