Viloyatda 24 047,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 122,5% o‘sishni tashkil etgan. Viloyatda sanoat mahsulotlarining 71,8% viloyatning 2 ta hududi, jumladan, Asaka tumani (57,4%) va Andijon shahri (14,4%)ga to‘g‘ri kelgan.
Xonobod shahri (3,9%), Xo‘jaobod (3,7%) va Qo‘rg‘ontepa (3,2%) tumanlarining viloyat sanoat mahsulotlari hajmida ulushi o‘rta, Ulug‘nor (0,7%) va Bo‘ston (0,6%) tumanlarining esa ulushi past ekanligi qayd etilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati Asaka (145,3%) Paxtaobod (132,6%), Xo‘jaobod (115,5%) va Qo‘rg‘ontepa (114,3%) tumanlarida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Ulug‘nor (-0,4%) va Baliqchi (-0,6%) tumanlarida sanoat mahsulotlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.
Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining asosiy qismi avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar (64,8%), to‘qimachilik mahsulotlari (11,8%), kiyim ishlab chiqarish (8,02%) yo‘nalishlarida ishlab chiqarilgan.
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 7 356,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Asaka shahri (40 393,0 ming so‘m ) va Xonobod (21 221,5 ming so‘m) tumaniga to‘g‘ri kelgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Andijon (1 383,7 ming so‘m) va Buloqboshi (1295,8 ming so‘m) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida Andijon viloyatida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi 18 235,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Iste’mol mollari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 1 192,5 mlrd so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlari 17 034,0 mlrd so‘m va spirtli ichimliklar 9,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Iste’mol mollari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154,7% tashkil etib, asosiy o‘sish sur’ati nooziq-ovqat mahsulotlar (160,7%) ishlab chiqarishda kuzatilgan.
Tahlil qilingan davrda, hududlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada bo‘lgan. Jumladan, tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi Asaka (13 400,2 mlrd so‘m), Xo‘jaobod (892,0 mlrd so‘m) tumanlari va Andijon shahri (800,2 mlrd so‘m)da yuqori darajada bo‘lgan. Ulug‘nor (130,9 mlrd so‘m) va Bo‘ston (92,0 mlrd so‘m ) tumanlarida esa iste’mol mollari hajmi past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Viloyatda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari 5 578,7 ming so‘mni tashkil etgan. aholi jon boshiga iste’mol mollari Asaka (39 227,7 ming so‘m) va Xo‘jaobod tumanlarida (7 770,1 ming so‘m) yuqori, Buloqboshi (1 053,8 ming so‘m) va Bo‘ston (998,7 ming so‘m) tumanlarida past ekanligi qayd etilgan.
Izoh qoldirish