27-28 avgust kunlari Toshkentda, 29 avgust kuni Samarqandda dunyoning 63 davlati va 30 dan ortiq Xalqaro tashkilotlarni birlashtirgan ko‘p o‘lchovli kambag‘allik masalalari (Multidimensional Poverty Peer Network, MPPN) bo‘yicha xalqaro hamkorlik tarmog‘ining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yuqori darajadagi tadbirda jahon yetakchilari, siyosatchi va iqtisodchilar, yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etadi.
Tadbir Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) tomonidan BMTTD va Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) ishtirokida tashkil etildi.
Shunday qilib, Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi direktori professor Sabina Alkayr O‘zbekiston tajribasini ishtirokchilarga taqdim etadi.
Ishtirokchilar global darajada kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tajriba va natijalari bilan o‘rtoqlashadilar.
O‘zbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilganidan dalolat beradi va o‘zaro tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish tarafdori ekanini namoyish etdi. Hukumat ko‘p o‘lchovli kambag‘allik konsepsiyasini Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq kambag‘allikka barham berish yo‘lidagi taraqqiyotni tezlashtirish vositasi sifatida rasman tan oldi.
Barqaror rivojlanishning birinchi maqsadi kambag‘allikning barcha ko‘rinishlarida, shu jumladan uning ko‘p o‘lchovli jihatlarda barham berishga qaratilgan.
Mamlakatimizda ilk bor ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini o‘lchash loyihasi boshlandi. CERR, BMTTD, Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi, UNICEF va UNICEF Innocenti hamkorlikdagi sa’y-harakatlari bilan bolalar kambag‘alligiga alohida e’tibor qaratgan holda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikning tarqalishi va chuqurligini tahlil qilishga qaratilgan pilot loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni o‘lchash metodologiyasi ko‘p o‘lchovli va pul ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun Statistika agentligining uy xo‘jaliklari byudjeti so‘rovnomasi bilan birlashtirilmoqda.
O‘zbekistonning tashabbuslari uning kambag‘allikka qarshi kurash va barqaror rivojlanish sohasida xalqaro standartlarga sodiqligini tasdiqlaydi.
Ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni kamaytirish Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni va ularni birlashtirishni talab qiladi!
TOShKENTDA BIZGA QO‘ShILING!
Muhokamada ishtirok eting! Tajribangizni baham ko‘ring!
BIRGALIKDA BARQAROR KELAJAK SARI!
Izoh qoldirish