“Fitch Ratings” reyting agentligi – dunyodagi uchta eng yirik va obro‘li agentliklardan biri bo‘lib, yuz yildan ziyod vaqt mobaynida davlatlar, yirik korporatsiyalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari bilan ishlovchi boshqa moliya tashkilotlarini baholashni amalga oshiradi. Agentlik kompaniyalarni baholaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri uzoq muddatli emitent defolti (EDR) va barqarorlik reytingi (VR) sanaladi.
Kredit reytinglari nimalar haqida so‘zlaydi
Kredit reyting darajasi – muayyan emitent bilan har qanday hamkorlikdan ma’no bor-yo‘qligini tushunishga yordam beruvchi eng muhim omillardan biri. Reyting emitentlarning kreditga layoqatliligi va qarz vositalarining kredit xarakteristikalari bo‘yicha mustaqil fikrni aks ettiradi, u yagona terminologiya bazasi asosida shakllantiriladi va investorlarga asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
ANORBANK, birinchi raqamli
ANORBANK 2020 yilda, bank sohasida tajribaga ega xususiy atsionerlar tomonidan ta’sis etilgan. Asos sifatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun to‘liq xizmatlar spektrini taqdim etuvchi raqamli bank biznes-modeli qabul qilingan. Xizmatlarni olish uchun bank bo‘linmalariga kelish shart emas - saytga, mobil ilovaga kirish yoki shunchaki, kunu-tun ishlovchi kontakt markaziga qo‘ng‘iroq qilish kifoya. Bugungi kunda ANORBANK faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’minlanmagan iste’mol kreditlarini onlayn taqdim etish sanaladi. Bank, shuningdek, korporativ kreditlash va kichik va o‘rta biznesni kreditlashni faol rivojlantira boshladi.
Tabiatan tavakkallikka yaqin, ammo “Fitch” reytingiga ega O‘zbekistondagi boshqa banklardagiga nisbatan bir muncha past darajadagi kreditlar markazlashuvi va dollarizatsiyadan yiroqlashishtiruvchi yirik va yuqori marjinal ta’minlanmagan chakana kreditlash imkoniga ega (mahalliy BHUT bo‘yicha 2023 yilning uchinchi choragi yakuniga yalpi kreditlarning 4%idan kam).
Bank o‘z faoliyatining birinchi uch yilida noldan tijorat amaliyotlarini yaratish va kredit hamda depozit franshizani shakllantirish bilan bog‘liq yuqori amaliyot xarajatlariga ega bo‘ldi. “Fitch Ratings” agentligi prognoziga ko‘ra, 2023 yilda biznes hajmlarining kengayishi bankning foydaga kirishini, 2024 yilda esa, amaliyot foydasi o‘sib, reyting agentligining asosiy ishi bo‘yicha tavakkalchilik darajasiga asosan aktivlarning taxminan 4%iga yetadi.
“Anor Bank” tashkil etilgan davridan boshlab, yuqori sur’atlarda o‘z kredit portfelini kengaytirdi va “Fitch Ratings” agentligi mutaxassislari sektorning umumiy o‘sishidan yuqori bo‘lgan ushbu jadal o‘sish 2024 yilda ham davom etishini kutmoqdalar.
“Bu reyting davr bilan hamnafas qadam tashlayotgan bankimizning barqaror o‘sishi va rivojlanishini yana bir bor tasdiqlamoqda. ANORBANK – bu moliya bozorining o‘z faoliyatiga raqamli unsurlarni, jumladan xatarlarni baholashning umumiy tizimini, mijozlar sadoqatining oshishi, o‘z brendi imijining mustahkamlanishi va eng yaxshi professional kadrlarni yollashni maksimal integratsiya qilayotgan qatnashchisidir.
Ushbu reyting faoliyatimizga va bank-moliya sohasidagi mahalliy bozorda trend beruvchi, kuchli va istiqbolli bank sifatida erishgan yutuqlarimizga ijobiy bahoni aks ettiradi.
Eng muhimi, bankimizga xalqaro kapital bozorlariga chiqish, xorijiy investorlarni jalb etish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatdir", – dedi ANORBANK AJ kuzatuv kengashi a’zosi Madina Nurutdinova.
Reyting bo‘yicha prognozlar
“Fitch Ratings” muntazam ravishda reytinglarni qayta ko‘rib chiqadi va kompaniya hamda u joylashgan mamlakat faoliyatida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganiga qarab ularni yo oshiradi yoki tushiradi. “Anor Bank”ning uzoq muddatli EDR va VR ko‘rsatkichlari oshishi mumkin, lekin bu bank biznes-profilining salmoqli mustahkamlanishini va pirovardida, kapitalning barqaror asosi va koyeffitsiyentida daromadlilikning ortishini talab qiladi. Reytingga “Fitch”ning umuman O‘zbekiston amaliyot muhitiga bergan bahosining yaxshilanishi ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
ANORBANK AJga “B-” reytingi va “Barqaror” prognozining berilishi yana bir marta bankning mijozga yo‘nalganligi, moliyaviy barqarorligi va ishonchligiga dalolat qiladi. Raqamli banking sohasida tanlangan rivojlanish yo‘li har qanday so‘rovni maksimal darajada tezkor qayta ishlabgina qolmay, shu bilan birga, har bir mijozga individual yondashuvni saqlab qolish va ma’lumotlar saqlanishi xavfsizligini kafolatlash imkonini ham beradiki, bu O‘zbekiston aholisi va mehmonlariga ham hayotda, ham biznesda bir qadam oldinda bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
(reklama huquqi asosida)
Izoh qoldirish