O‘zbekistondagi avtomobil bozori: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar sharhida

O‘zbekistondagi avtomobil bozori: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar sharhida

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) har oyda O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi.

Bir oy davomida barcha avtotransport vositalarining sotilishi 8%ga oshib, 144,5 ming donani tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 14%ga o‘sish qayd etildi.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi vaziyat

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 128 mingta yengil avtomobil sotildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga ko‘pdir.

Savdolarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, yengil avtomobillar bozori yillik o‘lchovda 8%dan oshdi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyatga kelsak, oy davomida sotuvlar 1,4 foizga oshdi. Birlamchi avtomobil bozori yil davomida 22 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarning birlamchi bozori qariyb 1 foizga o‘sdi, bir oy davomida 28 ming dona avtomobil sotildi. Yillik o‘lchovda avtomobil bozorining ushbu segmenti 20 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonda ikkilamchi avtomobillar bozori o‘sishdan to‘xtamayapti

Oy davomida ikkilamchi bozorda 96 mingdan ortiq avtomobil sotildi, bu avvalgi oyga nisbatan 7,6 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish 4,4%ni tashkil tdi.

Yengil xorijiy avtomobillar segmenti

Yanvar oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,7 foizga o‘sdi va 3,47 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yil davomida xorijiy avtomobil bozorida sotuvlar 37 foizdan oshdi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi. Yanvar oyida yengil elektromobillar savdosi 3,3 mingta avtomobilni tashkil etdi, bu oldingi oyga nisbatan 7,8%ga kam.

Savdolarning eng katta pasayishi Samarqand, Xorazm va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

Yillik hisobda elektromobillar savdosi 7,7 barobarga oshdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda ham mamlakatda, ham xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar va elektromobillar savdosining dinamikasi aks ettiriladi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, o‘tgan yilning shu davriga oid ma’lumotlar bozor dinamikasini kuzatish uchun taqdim etiladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar