Bank siri bo‘lgan ma’lumotlar prokuror sanksiyasi bilan taqdim etilishi belgilandi

Bank siri bo‘lgan ma’lumotlar prokuror sanksiyasi bilan taqdim etilishi belgilandi

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi.

Bunda ma’lumotlar quyidagilarga berilishi mumkin:

-prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek, yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta’minlash maqsadida – tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;

- tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida – tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar