O‘ttizga yaqin vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhlari faoliyati Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda sayyor qabullar, xonadonbay o‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolardan kelib chiqqan holda joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash kabi qator yo‘nalishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Ushbu maqsadda o‘tgan bir hafta davomida jami 240 dan ziyod ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Ularda 3 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 1,2 mingdan ziyodi joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish uchun vaqt va katta mablag‘ talab etadigan murojaatlar Respublika ishchi guruhi nazoratiga olinib, ulrga yechim topish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berildi.
Ochiq muloqotlar davomida fuqarolardan asosan joylarda kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash sohalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular tegishli soha mas’ullari tomonidan o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, Respublika ishchi guruhi mas’ullari yordamida joylarda ichki yo‘llarni talab darajasiga keltirish uchun 70 km.ga yaqin yo‘llar shag‘allashtirildi, 20 km.dan ziyodiga asfalt qoplamasi yotqizidi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 160 dan ziyod transformatorlar yangisiga almashtirildi yoki kapital ta’mirlandi, 1,1 mingga yaqin yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi, 50 km.ga yaqin yangi SIP kabellar tortildi.
Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 205 ta gaz taqsimlash punktlari, 90 km. quvurlar kapital ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.
Aholini ichimlik va ekin suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash maqsadida 8 ta yangi suv inshooti o‘rnatildi, 12 tasi ta’mirlandi, 38 km. quvurlar soz holatga keltirildi, 179 km. lotok, ariq va zovur chiqindilardan tozalanib, 17,9 km. qismi betonlashtirildi.
Sanitariya va egologik ahvoli og‘ir bo‘lgan 150 dan ziyod ijtimoiy soha ob’yektlari tartibga keltirildi.
Respublika ishchi guruhi vakillarining e’tibor markazidagi asosiy masalalardan yana biri ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda fuqarolarga amaliy ko‘mar ko‘rsatish bo‘ldi.
Ana shunday 108 mahallalarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida yangi loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga amaliy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha mehnat yarmarkalari tashkillashtirildi.
Misol uchun, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 753 nafar fuqarolarga 17,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishi ta’minlandi. “G‘ijduvon tajribasi” asosida esa 89 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 637 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar va o‘tkazilgan mehnat yarmarkalari natijasida 108 ta mahallada 1,2 mingga yaqin kambag‘al oilaga bandlik va daromad manbasini yaratish va turmush darajasini yaxshilash uchun moddiy sharoitlar yaratildi. Ishsiz bo‘lgan 7,5 mingga yaqin aholi mavsumiy va doimiy ishga joylashtirildi, 600 ga yaqin fuqaro malakasini oshirish uchun bepul o‘qishga yo‘naltirildi.
Aholi sog‘lig‘ini himoyalash va mustahkamlash maqsadida joylarda deyarli 78 ming aholi uchun uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Natijada, 937 nafar fuqaroga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarga davolanish uchun order, 255 nafariga nogironlik aravachasi, 328 nafariga protez-ortopediya vositalari va 974 nafariga bepul yetkazib berildi.
Bundan tashqari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 70 ga yaqin og‘ir mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi.
Respublika ishchi guruhining galdagi manzili - Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlari.
Izoh qoldirish