Baxmal tumanida za’faron yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun 30 million dollardan ziyod mablag‘ ajratiladi

Baxmal tumanida za’faron yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun 30 million dollardan ziyod mablag‘ ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 fevral kuni Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Tog‘li hududlarda dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlab, eksport qilish davlatimiz rahbari ko‘rsatib bergan ulkan imkoniyatlardan biri. Bugungi kunda mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan 7 ta klaster faoliyat yuritmoqda. Xususan, “BMB Trade Group” klasteri tomonidan Baxmal tumanida za’faron yetishtirish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda. 30 million dollardan ziyod qiymatdagi ushbu loyiha natijasida 200 kishi ishli bo‘ladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida chorvachilik, parrandachilik, go‘sht va sutni qayta ishlash, ipak mato ishlab chiqarish kabi bir nechta loyihalar mo‘ljallangan.

Taqdimotda ushbu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, moliyalashtirish manbalari va infratuzilma masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatining salohiyati bundan ancha katta ekanini, ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi. To‘qimachilikda mahalliylashtirishni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarda talab yuqori meva-sabzavotlar yetishtirib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yerosti ma’danlarini o‘zlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar