O‘tgan hafta davomida, ya’ni 2 – 8 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 745,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 31,1% ga kam. Bu haqda O‘zRTXB axborot xizmati xabar qildi.
Bunda sotuvlarning 79,1% - birja savdolari; 0,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 20,0% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 485,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 46,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 347 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 8,0% ikkinchi; 7,5% uchinchi; 10,6% to‘rtinchi; 21,4% beshinchi va 47,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 381,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 6 020,0 tonna shakar qo‘yildi va ularning deyarli barchasi, ya’ni 99,8% hajmda sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 377 xaridor ishtirok etdi. Shakarning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 003,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 10 058,0 ming so‘mdan 9 999,3 ming so‘mgacha pasaygan.
Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 1 365,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ularning barchasi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 468,8 ming so‘mdan 6 326,8 ming so‘mgacha, ya’ni 2,2%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 6 394,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Ko‘mir
O‘tgan haftada birja savdolarida 5 478,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va ulardan 5 274,0 tonnasi, ya’ni 96,3% qismi sotildi. Ko‘mirning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 758,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mir bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 357,0 ming so‘mdan 291,1 ming so‘mgacha, ya’ni 18,5%ga pasaydi.
Izoh qoldirish