O‘tgan hafta davomida, ya’ni 9 – 15 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 674,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,3% ga ortiqdir.
Bunda sotuvlarning:
- 84,9% - birja savdolari;
- 0,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
- 14,0% - elektron davlat xaridlari;
- 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 739,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 41,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 287 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:
- 11,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
- 16,6% ikkinchi;
- 9,7% uchinchi;
- 11,8% to‘rtinchi;
- 15,9% beshinchi;
- 34,9% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 420,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Sement
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 344 661,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 221 012,0 tonnasi, ya’ni 64,1% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 44,2 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 509,2 ming so‘mdan 507,6 ming so‘mgacha, ya’ni 0,3% ga pasaydi.
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 150,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan barchasi 100% miqdorda sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 575,1 ming so‘mdan 7 553,2 ming so‘mgacha, ya’ni 0,3% ga pasaygan. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 558,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Benzin
O‘tgan haftada birjada avtomobil benzinining narxi biroz pasaydi. O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 25 182,0 tonna benzin qo‘yildi va ulardan 15 962,9 tonnasi, ya’ni 63,4% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3,2 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 457,1 ming so‘mdan 7 254,2 ming so‘mgacha, ya’ni 2,7%ga pasaydi.
O‘tgan haftada AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 7 398,8 ming so‘mni, AI-91 – 8 719,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-son qaroriga muvofiq «O‘zbekneftgaz» AJ tasarufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan avtomobil benzinining boshlang‘ich narxlari, jahon birjalaridagi Brent neftining kotirovkalaridan kelib chiqib shakllanadi.
Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish