Birjada o‘tgan hafta sement, benzin, shakar va paxta yog‘i qanchadan sotildi?

Birjada o‘tgan hafta sement, benzin, shakar va paxta yog‘i qanchadan sotildi?

17 – 23 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 066,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,0% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 86,6% - birja savdolari, 4,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 8,1% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 352,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 21,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 958 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 14,9% ikkinchi, 26,4% uchinchi, 11,6% to‘rtinchi, 17,9% beshinchi va 25,2% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 924,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 1 393,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 007,0 tonnasi, ya’ni 72,3% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 71 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 857,3 ming so‘mdan 11 497,8 ming so‘mgacha, ya’ni 17,0% ga pasaydi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi 1,7% ga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 11 080,1 ming so‘mni tashkil etdi.

Shakar

Hafta davomida birja savdolariga 3 130,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 1 664,0 tonnasi, ya’ni 53,2% sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 852,4 ming so‘mdan 5 824,5 ming so‘mgacha, ya’ni 0,5% ga pasaydi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va mahsulotni bir tonnasi uchun 5 839,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Sement

Hafta davomida birja savdolariga 215 025,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 210 751,0 tonnasi, ya’ni 98,0% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 42,1 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 789,4 ming so‘mdan 736,6 ming so‘mgacha, ya’ni 6,7% ga pasaydi.

Benzin

O‘tgan haftada birja savdolariga 63 680,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 16 669,1 tonnasi, ya’ni 26,2% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 37 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari sezilarsiz oshib, mahsulotning bir tonnasi uchun 5 039,6 ming so‘mdan 5 043,9 ming so‘mgacha ko‘tarildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5 043,3 ming so‘mni, AI-91 benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5 672,1 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar