Birjada paxta yog‘i, shakar, sement narxi pasaydi va 8 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Birjada paxta yog‘i, shakar, sement narxi pasaydi va 8 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 26 iyul – 1 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 644,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 28,6% ga ko‘pdir.

Bunda sotuvlarning 88,0% - birja savdolari; 1,5% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 10,0% - elektron davlat xaridlari va 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Bu haqda O‘zRTXB matbuot xizmati xabar qildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 572,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 26,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 138 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 14,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 19,6% ikkinchi; 8,0% uchinchi; 9,8% to‘rtinchi; 15,6% beshinchi va 32,2% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 446,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 2 810,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va undan 1 747,0 tonnasi, ya’ni 62,1% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 113 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 717,6 ming so‘mdan 15 080,1 ming so‘mgacha, ya’ni 9,8% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli paxta yog‘ining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 17 393,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 11 972,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 11 467,0 tonnasi, ya’ni 95,8% sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 385,5 ming so‘mdan 7 290,6 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3% ga pasaygan. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 345,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 356 437,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 194 087,0 tonnasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 38,8 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 519,0 ming so‘mdan 504,6 ming so‘mgacha, ya’ni 2,8% ga pasaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar