O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolarida shakar narxi 10 754,9 ming so‘mgacha pasaygan.
2022 yil 10-14 iyunda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 554,5 ming so‘mdan 10 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1% ga pasaydi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan barcha hajmi sotilgan.
Bunda, birja savdolari orqali "Xorazm shakar" MChJ tomonidan 3 000 tonna va "Angren shakar" MChJ tomonidan 3 004 tonna shakar sotilgan.
Shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda.
Izoh qoldirish