2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 894,7 mln. dollarga yetdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 32,9 mln. dollarga yoki 3,8% ga o‘sgan. Eksport hajmi 223,9 mln. dollarga (5,9% ga o‘sgan) va import hajmi 670,7 mln. dollarga (3,1% ga o‘sgan) yetdi.
Buxoro viloyati jahonning 63 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (36,0%), Xitoy Xalq Respublikasida (17,4%), Turmanistonga (8,0%) va Qozog‘istonda (6,3%) qayd etilgan.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida Buxoro viloyati tashqi savdo aylanmasining 56,5% ulushi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,3%ga o‘sgan.
Viloyatning boshqa xorijiy davlatlar bilan TSA 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 2022 yilning mos davriga nisbatan 26,5% ga ko‘paydi va jami TSAdagi ulushi 32,4% ni tashkil etgan.
Viloyatda tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha eng yuqori ulushni Qorovulbozor 38,1 % bilan 340,6 mln. dollarni, eng quyi ulushni Olot tumani 1,1% bilan 9,6 mln. dollarni tashkil etdi.
Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish