O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga muvofiq G‘ijduvon tumanining “Baraka” MFY hamda Qorako‘l tumanining Do‘rmon MFY hududlaridagi jami 65 gektar yer maydonlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, yangi zamonaviy turar-joy majmualarini barpo etish maqsadida 2022 yilda 36 ta ko‘p qavatli 720 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 1 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 2 ta sog‘liqni saqlash barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Misol uchun, G‘ijduvon tumani Baraka MFYda qiymati 7 mlrd.so‘mlik 330 o‘rinli maktab barpo etilib, bugungi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari 94%ga bajarilgan.
Xuddi shuningdek, Qorako‘l tumani Do‘rmon MFYda qiymati 2,2 mlrd.so‘mlik tibbiyot muassasasida qurilish va montaj ishlari to‘liq amalga oshirilgan, foydalanishga topshirish jarayoni olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu massivlarda jami 11,9 km ichimlik suvi tarmog‘i va 2 ta suv inshooti, 10,7 km elektr tarmog‘i va 2 ta TP, 9 km tabiiy gaz hamda 8,8 km tashqi yo‘l tarmoqlari qurilishi nazarda tutilgan.
Mazkur massivlarda 63,8 mlrd.so‘m (hozirda 3,7 mlrd.so‘m o‘zlashtirildi) qiymatida 24,5 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Bugungi kunda, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ tomonidan massivlarni qurish loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasida o‘tkazilgan.
Mazkur 2 ta massiv hududida qurilishi rejalashtirilgan 5 ta (shundan 1 ta maktab, 2 ta MTM va 2 ta sog‘liqni saqlash) ijtimoiy soha ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazilgan. Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasiga taqdim etilgan.
Shuningdek, massivlarda joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan 36 ta ko‘p qavatli uy-joylar uchun tanlangan yer uchastkalari barchasi (Qorako‘l t. – 12 ta, G‘ijduvon t. - 24 ta) “e-auksion” elektron tizimi orqali auksion savdolariga chiqarilgan hamda 36 ta (Qorako‘l t. – 12 ta, G‘ijduvon t. - 24 ta) yer uchastkalarining barchasi auksion orqali sotilgan. Mazkur yer uchastkalari negizida yangi ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish va servis ob’yektlari barpo etilib, mazkur hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ishsiz aholining bandligini ta’minlashga erishiladi.
Bugungi kunda 36 ta ko‘p qavatli uy-joylarning barchasida (Qorako‘l t. – 12 ta, G‘ijduvon t. - 24 ta) qurilish ishlari boshlangan (85 %).
Qorako‘l tumani Do‘rmon MFYning 108,7 ga yer maydonida 12 ta 240 xonadonli hamda G‘ijduvon tumani Baraka MFYda 24 ta 480 xonadonli uy-joylar qurilmoqda.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 1 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim hamda 2 ta sog‘liqni saqlash tashkilotlari qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ob’yektlarda 96% hajmda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Izoh qoldirish