Buxoroda suv ta’minotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablag‘ ajratiladi

Buxoroda suv ta’minotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablag‘ ajratiladi

uxoroda suv ta’minotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablag‘ ajratiladi

"Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida "Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan "Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishi ma’qullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

  • OIIB qarzi – 385,12 mln;
  • O‘zbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023 yillar) tashkil etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar