Byudjet ish beruvchining xarajatlarini qoplaydi

Byudjet ish beruvchining xarajatlarini qoplaydi

Joriy yilning may oyidan boshlab 2023 yil 1 yanvargacha barcha soliq to‘lovchilar-yuridik shaxslarga 25 yoshdan oshmagan shaxslarning mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlari uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi qaytariladi, ya’ni Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi, deb xabar berdi Moliya vazirligi axborot xizmati.

Normani qo‘llash shartlari:

  • soliq to‘lovchi byudjetga ijtimoiy soliqni to‘lashi shart;
  • 25 yoshdan oshmagan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish ishga kirganining 7-oyidan boshlab mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ya’ni, dastlabki 6 oy uchun to‘langan ijtimoiy soliq, shu jumladan, bunday shaxslarni 6 oydan kam muddatga yollash hollarida, kompensasiya qilinmaydi;
  • hisobot davri oxirida to‘langan ijtimoiy soliq, murojaat qilingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay byudjetdan qaytariladi. Qaytarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tartibi qo‘shimcha ravishda soliq to‘lovchilarga yetkaziladi;
  • joriy yilning may oyidan boshlab 2022 yil dekabriga qadar mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar bo‘yicha hisoblangan ijtimoiy soliq qoplanadi;
  • soliq to‘lovchi tomonidan byudjetdan qoplanishi uchun e’lon qilingan (ko‘rsatilgan) ijtimoiy soliq summalari daromad soliqini hisoblashda xarajatlar tarkibida aks ettirilmaydi;
  • hisobot davrida xodim 25 yoshga to‘lganida, ijtimoiy soliq kompensasiya qilinmaydi.

Birgina istisno mavjud: yuqoridagi norma byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar