Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlarini doimiy ravishda tahlil qilib kelmoqda.
2021 yilning avgust oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 21,8 ming dona shartnomalar rasmiylashtirildi. Bu iyul oyiga (18,1 ming) nisbatan 20,6% ga ko‘paydi. Shu bilan birga, 2020 yilning mos davriga (15,6 ming) nisbatan o‘sish 39,5% ni tashkil etdi.
Hududlarga keladigan bo‘lsak, joriy yilning iyul oyiga nisbatan barcha hududlarda o‘sish kuzatildi.
Ko‘chmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (37,4%), Qashqadaryo (33,1%), Andijon (31,5%) va Surxondaryo (25,9%) viloyatlarida qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatda ko‘chmas mulk bozori tiklanish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tmoqda va bozordagi faollik nafaqat karantindan oldingi darajaga qaytdi, balki sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, avgust oyidagi Respublika bo‘yicha ko‘chmas mulk savdolari 2019 yilning avgust oyiga nisbatan 30,8%ga o‘sgan bo‘lsa, Toshkent shahrida ushbu ko‘rsatkich 66%ni tashkil qildi.
Ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni ko‘payishining asosiy sabablari – epidemiologik vaziyatni yaxshilanishi va iqtisodiyotga bosim o‘tkazadigin karantin cheklovlarining yengillashtirilishidir. Shuningdek, ta’kidlash kerakki, ommaviy emlash ham talabni tiklanishiga yordam beradi.
Ko‘chmas mulk bozorining jonlanishga sabab bo‘lgan boshqa omillar qatoriga – ta’til mavsumining tugashi va faol ish mavsumining boshlanishi ham kiradi.
Xalilulloh Hamidov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri tel: (78) 150 02 02 (410)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish