Ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni oshishining asosiy sabablari - bu respublikada pandemiya inqirozi ta’siridan aziyat chekkan aholining sotib olish qobiliyatini tiklanishi bo‘lib, bu o‘z navbatida yig‘im-terim mavsumining oxiri va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan daromad olish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlarini doimiy ravishda tahlil qilib kelmoqda.
2021 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 21,6 ming dona shartnomalar rasmiylashtirilgan. Bu sentyabr oyiga (19,3 ming) nisbatan 11,7% ga ko‘paydi. Shu bilan birga, 2020 yilning mos davriga (19,7 ming) nisbatan o‘sish 9,5% ni tashkil etdi.
1-rasm. Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar sonining o‘zgarishi indeksi
Joriy yilda ko‘chmas mulk bo‘yicha maksimal faoliyat avgust oyiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlarga keladigan bo‘lsak, joriy yilning sentyabr oyiga nisbatan barcha hududlarda o‘sish kuzatildi.
Jumladan, ko‘chmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (30,5%), Xorazm (25,4%), Navoiy (22,2%) viloyatlarida, eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo (5,7%), Toshkent (8,4%) viloyatlarida va Toshkent (7,5%) viloyatlarida kuzatildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatda ko‘chmas mulk bozori tiklanish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tmoqda va bozordagi faollik nafaqat karantindan oldingi darajaga qaytdi, balki sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, 2019 yilning oktyabr oyiga nisbatan respublikada 36,7% o‘sishni tashkil etdi.
Ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni oshishining asosiy sabablari - bu respublikada pandemiya inqirozi ta’siridan aziyat chekkan aholining sotib olish qobiliyatini tiklanishi bo‘lib, bu o‘z navbatida yig‘im-terim mavsumining oxiri va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan daromad olish bilan bog‘liq.
O‘zbekiston inqirozdan chiqmoqda, aholining daromad darajasi barqarorlashmoqda va o‘sishda davom etmoqda. Ko‘chmas mulk bozorida bozor munosabatlarining yanada shakllanishi va O‘zbekiston iqtisodiyotining globallashuv jarayonlariga jalb etilishi bozorning yanada ochiqligiga olib keladi. Ichki ko‘chmas mulk bozorining o‘ziga xos xususiyatlariga qaramay, uning rivojlanishiga pandemiya, energiya narxlarining ko‘tarilishi, jahon valyuta kurslari va boshqa global tendensiyalar ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xalilulloh Hamidov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri tel: (78) 150 02 02 (410)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish