Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi faollik darajasini baholadi: savdoda keskin o‘sish qayd etildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi faollik darajasini baholadi: savdoda keskin o‘sish qayd etildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) avtomobil bozorida savdolar o‘zgarishini muntazam tahlil qilib kelmoqda.

2021 yilning oktyabr oyida respublikada avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlari soni sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, joriy yilning sentyabr oyiga nisbatan o‘sish 32,6% ni tashkil etdi.

Lekin, mahalliy avtomobil bozorida talab miqdori 2020 yil oktyabr oyi bilan taqqoslaganda 10%ga oshdi.

1- rasm. Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar sonini o‘zgarishi indeksi

Qayd etish kerakki, o‘tgan yilning avgust oyi o‘rtalarida koronavirus pandemiyasi tufayli o‘rnatilgan cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng, avgust oyida avtomobillarga bo‘lgan talab iyul oyiga nisbatan 54,3 foizga oshgan edi. Kechiktirilgan talabni qondirish yil oxiriga qadar davom etdi.

Shu tariqa, mahalliy avtomobil bozori 2020 yilning kuzidayoq inqirozgacha bo‘lgan davrdagi ko‘rsatkichlariga qaytdi va shu yilning oktyabr oyida sezilarli darajada o‘sishni ko‘rsatdi. Shunday qilib, 2019 yil oktyabr oyiga nisbatan avtomobillar savdosi sezilarli darajada 31,1 foizga oshdi.

Shubhasiz, afsuski, koronavirus pandemiyasi oqibatida mikrochiplarning global taqchilligi avtomobil sanoatida ishlab chiqarishni rivojlanishini to‘xtatib turibdi. Bunday sharoitda avtomobil bozorining sezilarli o‘sishi asosan ikkilamchi bozorda savdo hajmining o‘sishi bilan izohlanadi. Oktyabr oyida 50,1 ming dona avtotransport vositalari sotilgan bo‘lsa, sentyabr oyida ushbu ko‘rsatkich 40,3 ming donani tashkil etdi (o‘sish – 24,3%). Birlamchi avtomobil bozorida ham sezilarli jonlanish kuzatilmoqda. Oktyabr oyida 20,6 mingta yangi avtomobil sotildi, bu esa sentyabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 58,5 foizga ko‘proq.

2-rasm. 2021 yilda birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori

Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo (60,4%), Navoiy (55,9%), Buxoro (53,4%) va Toshkent (50,2%) viloyatlarida kuzatildi.

2021 yilning oktyabr oyida 18,5 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (sentyabr oyiga nisbatan o‘sish 64,4 %). Shundan, 1,4 mingtasi chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar hisoblanadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi sentyabr oyiga (2 343 dona) nisbatan biroz kamaygan, avgust oyiga (1 021 dona) nisbatan esa 38,2 foizga oshgan.

Bu davrda chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar eng ko‘p Toshkent shahri (5 209 dona), Farg‘ona (1 610 dona), Toshkent (834 dona) va Samarqand (505 dona) viloyatlarida sotilgan.

3-rasm. 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi ulushi

Umuman, yanvar-oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 152,2 ming dona yangi yengil avtomobillar, shundan 9,9 ming dona yoki 6,5 foiz chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar ro‘yxatga olindi.

Oktyabr oyida yangi yengil avtomobillar eng ko‘p sotilgan hududlar Toshkent shahri – 5 682 dona (shundan, 902 dona yoki 15,9% chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar), Toshkent viloyati – 1 925 dona (shundan, 62 dona yoki 3,2% chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar) va Samarqand viloyati – 1 416 dona (shundan, 81 dona yoki 5,7% chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar) bo‘ldi.

Xalilulloh Hamidov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri

tel: (78) 150 02 02 (410)

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

tel: (78) 150 02 02 (417)


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar