2021 yil 5 apreldan 12 mayga qadar O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan narxlarning tahlili.
O‘simlik yog‘i e’tibor markazida
So‘nggi paytlarda o‘simlik yog‘ining narxlari kon’yukturasi hukumat va jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Tashqi bozorda ushbu mahsulotga bo‘lgan talabning ortishi va natijada tadbirkorlarning narxlar farqidan foydalangan holda yuqori foyda olishga intilishi oqibatida narxlarning ko‘tarilishi davlat tomonidan bozorni barqarorlashtiruvchi chora-tadbirlarning joriy etilishiga olib keldi. Monitoring shuni ko‘rsatmoqdaki, amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, hafta oxiriga kelib respublikada bir litr o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narx 0,4% ga pasayib, 19 034 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha narxlar diapazoni Andijon viloyatida bir litr uchun 17 110 so‘m, Toshkent shahrida 20 440 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib bordi.
11 ta viloyatda o‘simlik yog‘i narxlarining pasayishi kuzatilmoqda, eng yuqorisi Xorazm (1,3% ga), Buxoro (0,9% ga) viloyatlarida va Toshkent shahrida (0,8%) qayd etildi.
Tumanlar tarkibida o‘simlik yog‘i narxining bir litri uchun eng katta pasayish Shahrixon (5%), Xiva (5%), Oqqo‘rg‘on (4,8%), Qibray (4,6%), Ulug‘nor (4,3%), Zarbdor (4,3%) tumanlarida kuzatildi.
Hafta davomida narxlar faqat 3 ta viloyatda oshdi, ulardan eng balandi Qashqadaryo (0,2% ga), Toshkent (0,1% ga), Farg‘ona (0,02% ga) to‘g‘ri keladi.
2 hafta davomida 28 apreldan 12 maygacha respublikada o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narxi 0,9% ga pasaydi.
O‘simlik yog‘i narxlarining pasayishi ichki bozordagi vaziyatning barqarorlashayotganidan dalolat beradi.
Quyida 5 maydan 12 maygacha mol go‘shti, sut, tuxum, kartoshka, guruch, bug‘doy uni, shakar narxlarining o‘zgarishi keltirilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida respublikada o‘rtacha narxlarning o‘sishi mol go‘shti (0,2 %ga, kilosi 61 132 ming so‘mgacha), kartoshka (0,4 %ga, kilosi 4,673 so‘mgacha), tuxum (0,1 %ga, o‘ntasi 10,775 so‘mgacha), bug‘doy uni (0,8 %ga, kilosi 4,879 so‘mgacha), shakar (0,9 %ga, kilosi 8,379 so‘mgacha) uchun qayd etildi.
Hududlar kesimida eng yuqori narx o‘sishi:
- mol go‘shti Surxondaryo (1,8%) va Navoiy (1,4%) viloyatlarida;
- sut Xorazm va Buxoro viloyatlarida (0,6%);
- tuxum Navoiy (1,6%), Xorazm (1,4%) viloyatlarida;
- kartoshka Xorazm (6,7%), Sirdaryo (5,2%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (5%);
- guruch Navoiy (1,2%) va Farg‘ona (0,6%) viloyatlarida;
- bug‘doy uni Namangan (12,6%) va Qashqadaryo (0,6%) viloyatlarida;
- shakar Qashqadaryo (4,9%), Surxondaryo (2%) viloyatlarida kuzatildi.
Respublikada hafta davomida o‘rtacha narxlarning pasayishi sut (0,2%ga, litriga 6 089 so‘mgacha), guruch (0,04% ga, kilosi 10 165 so‘mgacha), o‘simlik yog‘i (0,4% ga, litriga 19 034 so‘mgacha) uchun qayd etilgan.
Hududlar kesimida narxlarning eng katta pasayishi quyidagilar uchun qayd etildi:
- mol go‘shti – Xorazm viloyatida (0,7%), Toshkentda (0,3%);
- sut – Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2,4%), Andijon (1%) va Qashqadaryo (0,9%) viloyatlarida;
- tuxum – Namangan (0,5%), Andijon va Samarqand (0,4%) viloyatlarida;
- kartoshka – Jizzax (3,5%), Qashqadaryo (1,9%) viloyatlarida va Toshkent (2,5%) shahrida;
- guruch – Qashqadaryo (0,7%), Jizzax (0,6%), Andijon (04,5%) viloyatlarida,
- bug‘doy uni – Toshkent (0,3%), Farg‘ona (0,03%) viloyatlarida;
- shakar – Toshkent (0,5%), Farg‘ona (0,2%) viloyatlarida;
Shunday qilib, O‘zbekistonda ko‘rib chiqilayotgan hafta davomida asosiy iste’mol tovarlari uchun narx muhiti nisbatan past darajada o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Shakar va bug‘doy uni narxlarining ko‘tarilishi haqida xavotirlar bor.
Izoh qoldirish