Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul o‘tkazmalarini olish uchun qaysi bankka borishlari kerak?

Chekka hududda yashovchilar xorijdan pul o‘tkazmalarini olish uchun qaysi bankka borishlari kerak?

Hozirda barcha tijorat banklarining hududlardagi bank binolarida xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlar bank ish kunlari davomida belgilangan tartibda amalga oshirib kelinmoqda. Aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatlarni faqatgina Xalq bankiga yuklatilgani to‘g‘risidagi xabarlar asossizdir. Shunga ko‘ra, aholi o‘zi yashayotgan hududdagi istalgan tijorat bankiga xalqaro pul o‘tkazmalaridan yuborilgan mablag‘larni olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Bundan tashqari, tijorat banklarida hozirgi kunda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali jo‘natilgan chet el valyutasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartalariga o‘tkazib berish imkoniyati yaratilgan. Jumladan, bunga misol sifatida "Turonbank", Xalq banki, "Agrobank", "Ipoteka-bank", "Hamkorbank" va "Ipak yo‘li banki"ni keltirish mumkin.

"Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin sharoitida tijorat banklari tomonidan ustuvor ravishda masofadan turib xizmatlarni ko‘rsatish bilan bir qatorda mijozlarga tegishli bank xizmatlarini tashkil etish maqsadida xalqaro pul o‘tkazmalari va boshqa chakana bank xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha yetarli bank infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan chekka va olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha barcha tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan aniq ko‘rsatmalar berilgan", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar