Chevrolet Qozog‘istonning eng yaxshi sotiladigan brendlari reytingida yetakchi o‘rinni egallamoqda

Chevrolet Qozog‘istonning eng yaxshi sotiladigan brendlari reytingida yetakchi o‘rinni egallamoqda

Qozog‘istonda mart oyida sotilgan deyarli har to‘rtinchi yangi avtomobil “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

2021 yil mart oyida Chevrolet Cobalt va Nexia ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.

Brend Qozog‘iston bozorida o‘zining birinchi pozitsiyalarini egallashda davom etmoqda. Kompaniyaning umumiy savdo hajmi 2 161 donani tashkil etdi hamda bu ko‘rsatkich joriy yilning fevral oyiga nisbatan 15 foizga ko‘pdir.

Sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha eng yaxshi 3 talikning keyingi o‘rinlarini Hyundai va Toyota avtobrendlari egallashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan yengil avtomobillar eksporti asosan Qozog‘istonga amalga oshirilgan.

Shuningdek, 2020 yilning oktyabr oyida Qozog‘iston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan o‘zib ketib, eng muvaffaqiyatli brendlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar