“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:
👉 vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
👉 o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
👉 kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln so‘m;
👉 boshqa xodimlarga – 500 ming so‘m.
Izoh qoldirish