Banklar chetdan resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – so‘mda va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Valyutada kredit olgan va bugun qiyin ahvolga tushib qolgan yuzlab tadbirkorlarimiz ushbu masalani o‘z murojaatlarida ko‘targanlar. Shu bois, Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.
Ushbu kompaniya banklar tomonidan chet el valyutasida jalb qilinayotgan mablag‘larni so‘mga o‘girib, kreditni ichki bozorda faqat milliy valyutada berish uchun zarur sharoit yaratadi.
Lo‘nda qilib aytganda, bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkorga qo‘shimcha muammo yoki ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi.
Izoh qoldirish