“Ekonometrika va iqtisodiy-matematik modellashtirish” ilmiy maktabi tashkil etildi

“Ekonometrika va iqtisodiy-matematik modellashtirish” ilmiy maktabi tashkil etildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Iqtisodiyotda matematik metodlar» kafedrasida «Fidokorona mehnatlari» ordeni sohibi, i.f.d., prof. Tursun Shodiyev rahbarligida “Ekonometrika va iqtisodiy-matematik modellashtirish” ilmiy maktabi tashkil etildi.

Mazkur maktab yangi ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borib, respublikamiz iqtisodiyotidagi mavjud muammolarni yechish yo‘lida yosh olimlarni birlashtiradi va ulardagi ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, professor Tursun Shodiyev “Iqtisodiy matematik usullar va modellar, ekonometrika” yo‘nalishdagi yirik ilmiy maktab yaratgan, nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham tanilgan iqtisodchi olim hisoblanadi. Olim AQShning Fulbrayt professorlar assotsiatsiyasining a’zosi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar