Elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etildi

Elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etildi

14 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

O‘zgarishlar elektromobillarni avtomobil yig‘imidan ozod qilishni nazarda tutmoqda.

Hujjatga ko‘ra, Soliq kodeksining 459-moddasi 9-band bilan to‘ldirilmoqda. Unda elektromobillarni O‘zbekistonga sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun avtotransport yig‘imini to‘lashdan ozod qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 432 ta yoki o‘tgan yildagi umumiy ko‘rsatkichdan 2,3 barobar ko‘proq elektromobil import qilingan. Ular asosan Xitoydan olib kiriladi.

O‘zbekistonda elektromobillarni olib kirganlik uchun aksiz solig‘i bekor qilingan va bojxona bojining nol stavkasi ham o‘rnatilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar