Equinox sotib olgan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi izoh berdi

Equinox sotib olgan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan 349 mln. so‘mga Equinox rusumli xizmat avtomashinasi xarid qilinganligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Ushbu holatga zudlik bilan oydinlik kiritish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan to‘plangan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi balansidagi 2013 yilda ishlab chiqarilgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli, uning o‘rniga bir dona xizmat avtomashinasi xarid qilishga ruxsat so‘rab, 2020 yil 2 oktyabrdagi 23-31631-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qilgan.

Ushbu murojaatga Moliya vazirligi 2020 yil 9 oktyabrda YeS 8724-sonli javob xati yo‘llangan. Unga ko‘ra, Boshqarma balansidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini o‘rnatilgan tartibda sotib, o‘rniga belgilangan limit doirasida Soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir dona “Neksiya-3” avtomashinasi xarid qilishga rozilik bildirgan.

O‘zavto dileri “Avto-sentr-Qashqadaryo” bilan Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi o‘rtasida 2020 yil 30 sentyabrda 3-250-2020-1563UA-sonli shartnoma tuzilib unga asosan bir dona Equinox rusumli avtotransport vositasi xarid qilingan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i qabul qilindi. Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar