Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 24 119 mlrd.so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 23 795,4 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 225,4 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 98,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 9,7% tashkil qildi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 23 701,2 mdrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 14 313,2 mlrd.so‘m va chorvachilik mahsulotlari 9 388,0 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda eng yuqori o‘sish sur’atlari Furqat (108,2%), Quvasoy sh. (106,9%), So‘h (106,5%) va Farg‘ona (106,0%) tumanlarida qayd etildi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 36,8 %i Oltiariq (8,2%), Farg‘ona (7,5%), Bog‘dod (7,1%), Beshariq (7,0%) va Rishton (7,0%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6 144,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 39,6% chorvachilik, 60,4% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 778 ming tonna don va dukkakli don mahsulotlari, 819 ming tonna sabzavotlar, 255 ming tonna kartoshka, 61 ming tonna poliz, 307 ming tonna meva va rezavorlar va 123 ming tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, chorvachilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 131 ming tonna go‘sht, 775 ming tonna sut, 458 mln. dona tuxum va 6074 tonna baliqchilik ovlandi.

Jami qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 360 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 4,6%ni tashkil etdi.

Muzaffar Abdusamatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar