2023 yilning 1-oktyabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 359 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19% ga kamaygan. 2023 yilning yanvar-sentyabrida 6 317 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4% ga kam demakdir. 2023 yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng ko‘pi Farg‘ona shahrida 5 838 tani yoki jamiga nisbatan 16,1% ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida YaHM tarkibida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi 69,6% ni tashkil qilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 0,6 punktga ko‘paygan. 2023 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari qishloq xo‘jaligida 96,8% ni, yo‘lovchi tashishda 96,1% ni va savdoda 91,4% ni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni har 1000 aholiga 9,1 birlikni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,4 birlikka kamaygan. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik sub’yektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona shahrida 18,4 birlik, Quvasoy shahrida 14,5 birlik, Marg‘ilon shahrida 13,0 birlik, va eng quyi ko‘rsatkich Beshariq tumanida 5,2 birlikka yetdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida (41%), sanoatda (22%) hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida (9%) yangidan tashkil etilgan.
Izoh qoldirish