Farg‘ona viloyatining Fransiya davlati bilan tashqi iqtisodiy faoliyati

Farg‘ona viloyatining Fransiya davlati bilan tashqi iqtisodiy faoliyati

Farg‘ona viloyati 2022 yilning dastlabki 9 oyida Fransiya bilan umumiy 934 ming AQSh dollari qiymatidagi import faoliyatini amalga oshirgan bo‘lib bu ko‘rsatkich viloyat umumiy importininig 0,1%ini tashkil etgan. Bu davr mobaynida viloyatdan Fransiyaga mahsulot va xizmatlar eksporti kuzatilmagan.

Import qilingan mahsulotlar tarkibini asosan mashina va uskunalar ($553 ming), oziq-ovqat mahsulotlari ($184 ming), neft va undan tayyorlangan mahsulotlar ($39,7 ming), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar ($6,8 ming), qora metallar (2,8 ming) va boshqa mahsulotlar ($148,1 ming) tashkil qilgan.

2010-2022 yillar kesimida tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng ko‘p eksport2014 yilda ($1469 ming) va import 2015 yilda ($3062 ming) amalga oshirilgan.

Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar