Farzandlarimizga 1 sentyabrdan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi – Shavkat Mirziyoyev

Farzandlarimizga 1 sentyabrdan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi – Shavkat Mirziyoyev

Talabalar yotoqxonalarini qurish uchun 4.4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi, ijara pulining 50 foizi esa davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda ayni vaqtda Prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Prezident ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu farzandlarimizga 1 sentyabrdan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi o‘quv yilida buning uchun 100 milliard so‘m ajratiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident tashabbusi bilan 4.4 trillion so‘m mablag‘ yangi yotoqxonalar qurilishiga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2021 yilda qo‘shimcha 20 minggacha o‘rta tibbiyot (terapiya, pediatriya, patronaj va akusher hamshiralar) va ijtimoiy xodimlar shtatini tashkil etilishi haqida ham aytib o‘tildi.

Prezident “tibbiy brigadalar” ga 7 ming o‘rta tibbiyot xodimlari kerakligini aytib o‘tdi:

-Qani tibbiyot kollejini bitirgan yoshlar? Shuncha yillar davomida tibbiyot kollejlarining marmardan qurilishiga pul berish o‘rniga yoniga poliklinika qurganimizda, sifatli o‘qitganimizda, yoshlarga ish topib berganimizda bugun holat boshqacha bo‘lardi. O‘rta tibbiyot bo‘g‘inida 20 ming qo‘shimcha shtat ochilishi minglab yoshlarga ish o‘rni bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar