Forbes O‘zbekistonda ham nashr etiladi

Forbes O‘zbekistonda ham nashr etiladi

Taniqli qozog‘istonlik ishbilarmon, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnalini chop etish huquqini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qildi.

Forbes Kazakhstan jurnaliga bergan intervyusida jurnalning birinchi sonini kelgusi yilning mart oyida chop etish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Ishbilarmonning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nashrning ochilishi juda dolzarb, chunki mamlakat bugungi kunda biznes yuritish nuqtai nazaridan juda istiqbolli hisoblanadi.

«Hozirda qo‘shni mamlakatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston rahbariyatining dunyo biznesiga berayotgan va’dalari katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tadbirkorlar mamlakatning ochilishi hamda so‘nggi oylardagi kabi jadal rivojlanishiga e’tibor qaratmoqdalar», — dedi Armanjan Baytasov.

Nashr tahririyati Toshkentda joylashadi. O‘quvchilar uchun sayt va jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bosma nashr hozircha rus tilida chop etiladi, sayt esa rus va o‘zbek tillarida faoliyat ko‘rsatadi.

Armanjan Baytasov O‘zbekistonda Forbes Club ishbilarmonlik maydonchasi ham ochilishini qo‘shimcha qildi.

Manba: gazeta.uz

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar