Grin-kartaga ariza berish 6 oktyabrdan boshlanadi

Grin-kartaga ariza berish 6 oktyabrdan boshlanadi

AQShda yashashni istovchi turli millat vakillari uchun 2023 yilgi viza dasturi (Diversity Visa Program) boshlanmoqda.

AQSh Davlat departamenti axborotiga ko‘ra, dasturda qatnashish uchun arizalar 2021 yil 6 oktyabr Vashington vaqti bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan soat 21:00)dan boshlab qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish dvprogram.state.gov saytida, 9 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00gacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida bittadan ko‘p ariza yuborgan talabgorlarning arizalari inobatga olinmaydi.

Tashkilotchilar ariza topshirish uchun so‘nggi haftagacha kutmaslikni tavsiya qiladi: muhlat yakuniga yaqinlashgani sari talabgorlar soni ko‘payib borishi portalda texnik nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bu gal ham dastur orqali 55 ming kishiga AQShda yashash huquqi taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Dastur g‘oliblari kompyuter yordamida tasodifiy tanlanadi. Natijalar 2022 yil 8 may kuni e’lon qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar